- •Ishni bajarish tartibi:
- •Index – fayl_nomi
- •Ishni bajarish tartibi:
- •Web sahifani brauzerda ko’rsatish Nazariy qism
- •Natija:
- •Mavzu: Grafika, havolalar va ro’yhatlar asosida html da oddiy sahifa yaratish
- •Ishni bajarish tartibi:
- •Web sahifani brauzerda ko’rsatish Qisqacha nazariy ma’lumot
- •Topshiriq:
- •Ishni bajarish tartibi:
- •Qisqacha nazariy ma’lumot
- •Mavzu: bootstrap asosida adaptiv saytlarni yaratish
- •Ishni bajarish tartibi:
- •Qisqacha nazariy ma’lumot
- •Ishni bajarish tartibi:
- •Qisqacha nazariy ma’lumot
- •Ishni bajarish tartibi:
- •Qisqacha nazariy ma’lumot
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
NUKUS FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
3B KOMPYUTER INJINIRINGI YO’NALISHI
LABORATORIYA
ISHI
Fan nomi: ____________________
Tayyorlagan: ____________________
Qabul qilgan: ____________________
Nukus 2019
Laboratoriya ishi №1
Mavzu: Internet asoslari: Web serverlar, Protokollar, HTTP, URL, HTML va boshqa standartlar.
Ishning maqsadi: Web serverlar, protokollar, HTTP, URL, HTML hamda boshqa standartlar va ularni amalda qanaqa qilib qo’llashni o’rganish.
Ishni bajarish tartibi:
Standartlar haqida qisqacha ma’lumot berish
HTML da yaratilgan web sahifaga misol keltirish
Web sahifani brauzerda ko’rsatish
Bilishi kerak: web serverlar, protokollar, http, url, html va boshqa standartlar;
Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima qilganda san'at, maxorat, bilish ma'nolarini anglatadi, bular esa o’z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar - bu qo’yilgan maqsadga erishish uchun ma'lum xarakatlar majmuasidir.
Web-sahifa – o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brauzer) ko’riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma'lumotlar birlashmasi - multimediyali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.
W eb-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Internet tarmog’ini foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini beradigan web-serverlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan.
Web-serverlar ma'lumotlar bazalari va multimediyali ma'lumotlarni bir biriga moslashtiradi. Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.
Web-serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilishning umumiy tamoyillari nuqtai nazaridan mijoz-server tehnologiyalari ishlatiladi.
Hozirgi kunda oddiy web-serverni yaratish tehnologiyasini ancha oddiy vazifa deb hisoblasa bo’ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat.
2. Internet texnologiyasi haqida
Web-texnologiya klassifikatsiyasi.
WEB tehnologiya
Axborotni
statik tasvirlash
Interfaol o’zaro aloqa
Razmetkali tillar
Mijoz tomonda
Server tomonda
Stil tavsifi tili
Quyida biz HTML tilida tuzilgan dastur kodi bilan tanishib chiqamiz:
<HTML>
<HEAD>
<TITLE> - Sahifa
fonini berish misoli </TITLE></HEAD>
<BODY BGCOLOR = YELLOW TEXT =
BLACK LINK = RED
VLINK = PURPLE ALINK = GREEN>
WEB
dasturlash faniga kirish
/BODY> </HTML>
Bu dasturni ishga tushirish natijasida quyidagi oyna ochiladi:
URL ga misol: http://www.microsoft.com/windows/index.html
Bu erda:
http:// – protokol;
www.microsoft.com – internet_adres(Microsoft
kompaniyasinnig web- serverining nomi)
/windows/ – yo’l
Index – fayl_nomi
html – kengaytma
URL da qo’llaniladigan protokollar ro’yxati:
Protokol nomi |
Protokol nimaga dostup berishi mumkinligi |
http:// |
HTTP (web) serverlariga |
https:// |
Shifrlangan ba'zi bir HTTP (web) serverlarga |
file:// |
Foydalanuvchi qattiq diskidagi fayllarga |
ftp:// |
FTP server fayllariga |
gopher:// |
Gopher menyu va fayllariga |
news:// |
Usenet yangiliklar serverlari gruppasiga |
news: |
Aniq Usenet yangiliklar gruppasiga |
mailto: |
Aniq elektron pochta adresiga |
telnet: |
Telnet udalen serveriga |
WEB SERVERLAR
Web sahifa va web saytlarga xizmat ko`rsatish uchun mezbon kompyuterlar va serverlarda ishlatish uchun server dasturiy ta'minoti kerak bo`ladi. Web saytlar va bu saytlarni yaratish, boshqarish uchun mo`ljallangan dasturiy ta'minot mezbon kompyuterda joylashgan bo`ladi, mezbon kompyuterlar bog`lanish protokollarini boshqaradi. Mezbon kompyuterlar Unix, Windows yoki Macintosh kabi turli operatsion tizim ostida ishlaydilar. Bu operatsion tizimlarning hammasi tarkibiga TCP/IP protokolini qo`llab-quvvatlovchi dasturiy vositalar kiradi.
Server dasturiy ta'minoti serverlarda joylashgan bo`lib, klient kompyuteridagi web brauzer talablariga ko`ra so`ralgan web sahifalarga xizmat ko`rsatadi va boshqa amallarni bajaradi. Server dasturiy ta'minoti TCP/IP bog`lanishlar uchun javob bermaydi. Buni serverdagi operatsion tizim bajaradi. Lekin server dasturiy ta'minoti operatsion tizim yordamida HTTP bog`lanishlar va talablarini qo`lga kiritadi va ularni qayta ishlaydi. Web server dasturiy ta'minoti
1) Klient kompyuteri dasturi (brauzer) serverga kerakli ma'lumot haqida talabnoma
2) Brauzer yuborgan talabnomalar zarur hujjatlarning formatini belgilab beradi. Agar web brauzer HTML faylni so`rasa, bu fayl bevosita web brauzerga jo`natiladi.
3) Agar web brauzer boshqa formatdagi, masalan ma'lumotlar omboriga tegishli ma'lumotni so`rasa, bu talabnoma CGI orqali tegishli ilovaga uzatiladi. CGI stsenariyi orqali topilgan yoki qayta ishlangan ma'lumotlar serverga qaytariladi. Server esa ularni brauzerga uzatadi.
4) Odatda har bir server oldindan aniqlangan kirish portidan foydalaniladi. Bu portlarning nomerlari quyidagicha bo`lishi mumkin. (raqamlar 16 lik sanoq sistemasida keltirilgan):
Laboratoriya ishi №2
Mavzu: Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, HTML Yangiliklar. Eskirgan teglar.
Ishning maqsadi: HTML asoslarini o’rganish, uning sarlavha va tana qisimiga tegishli asosiy teglar bilan tanishish.