Добавил:
mkk-1978@mail.ru Доктор экономических наук, профессор кафедры Экономической теории национального университета Республики Узбекистан им. М.Улугбека Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
1-mavzu.pptx
Скачиваний:
1629
Добавлен:
01.01.2021
Размер:
1.13 Mб
Скачать

Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari

YAIM xarajatlari va YAIMni ishlab chiqarish natijasida olingan daromadlar teng ekanligi bois, tenglamalarning o‘ng qismlarini tenglashtirgan holda, quyidagiga ega bo‘lamiz:

C + I = S + C, yoki I = S

Bu oddiy ayniyat tahlilga davlat va tashqi iqtisodiy sektorni kiritish bilan murakkablashadi.

Umumiy jamg‘armalar xususiy (Sp), davlat (Sg) va tashqi dunyo jamg‘armalari (Sr)ga bo‘linadi:

S = Sp + Sg + Sr

Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari

Xususiy jamg‘armalar daromadlar (Y), transfertlar (TR), soliqlar (T) chegirma qilingan holda davlat qarzi bo‘yicha foizlar (N) va iste’mol (S) yig‘indisiga teng:

Sp = (Y + TR + N - T) – S

Davlat jamg‘armalari quyidagicha aniqlanadi:

Sg = (T - TR - N) – G

Davlat jamg‘armalari, agar ular ijobiy bo‘lsa, byudjet ortiqchaligini tashkil qiladi. Agar ular salbiy bo‘lsa, bu byudjet taqchilligi (BD) mavjudligidan dalolat beradi:

BD = - Sg

Tashqi dunyo jamg‘armalari, eng oddiy ta’riflashda, tashqi dunyo bizning eksportimiz xarajatlari (X) chegirma qilingan holda, bizning importimizdan (M) oladigan daromadga teng:

Sr = M - X, yoki Sr = - Xn

Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari

§1.3. Makroitisodiy tahlil va prognozlashning o‘zaro bog‘liqligi hamda ulaning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni

Makroiqtisodiy tahlilini amalga oshirish uchun dastlab makroiqtisodiy jarayonlarni ob’ekt sifatida, ya’ni makroko‘rsatkichlarni bilish kerak, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, hisoblash usullarini, ularga ta’sir qiluvchi omillar tizimi haqida to‘liq tassavurga ega bo‘lish lozim.

1-Rasm. Fanning shakllanishi va fanlar bilan bog‘liqlik tizimi

Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari

Makroitisodiy tahlil va prognozlashning o‘zaro bog‘liqligi hamda ulaning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni

Iqtisodiy tahlilni ikki ob’ekt misolida, ya’ni, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rinishda amalga oshirish mumkin. Makrodaraja mikrodarajadagi ob’ektlar ko‘rsatkichlarining yig‘indisidan kelib chiqadi. 2-rasmdagi ketma ketlik bo‘yicha fanning mazmuni makroiqtisodiy tahlilga va prognozlashga qaratilgan. Makroiqtisodiy ob’ektlarning xususiyatlariga qarab tahlil usullari tanlanadi va tahlil natijalari makrojarayonlarni prognozlashda bevosita qo‘llaniladi.

1-Rasm. Fanning o‘zlashtirish uslubiyati

Prognoz natijalarini ilmiy asoslanganligi amaliyotda keng qo‘llanishining mumkinligi o‘rganib chiqiladi hamda tegishli xulosalar asosida ulardan amaliyotda rejalashtirish uchun qo‘llaniladi.

Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari

Nazorat va muhokama uchun savollar:

1.Makroitqisodiy tahlil va prognozlash fanining mazmuni va maksadini ifodalab bering.

2.Makroiqtisodiy tahlilning vazifalari nimalardan iborat?

3.Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarni o‘zaro bog‘liqliklarini ifodalab bering.

4.Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanining shakllanishi va boshqa fanlar o‘zaro aloqasini tushuntiring.

5.Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash jarayoni bosqichlarini tushuntirib bering.

6.Prognoz va rejaning umumiy va farqli tomonlari.

7.Milliy hisoblar tizimini tahlil qilishning iqtisodiy mohiyati nimadan iborat?

8.To‘lov balansi tahlilining amaliy ahamiyatini yoritib bering.

9.Gipoteza, prognoz va reja haqida tushunchangizni izohlang.

10.Prognozning amaliy ahamiyati nimalardan ifodalaniladi?

Соседние файлы в предмете Макроэкономический анализ и прогнозирования