Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Презентация №7

.pdf
Скачиваний:
193
Добавлен:
05.01.2021
Размер:
1.45 Mб
Скачать

Karl Ritter (1779-1859)

Aleksandr Gumbolt (1769-1859)

}Geografiyani ikki qismga ajratish tendensiyasi paydo bo‘ldi: jismoniy (moddiy) geografiya va sotsial, yoki antropogeografiya.

}Keyingisidan turli davr va turli davlatlarda iqtisodiy, siyosiy, tarixiy, madaniy va statistik geografiyalar ajratilgan.

Fridrix Ratsel

(1844-1904)

}Antropogeografiyaning predmetini inson irqini o‘rganishdan iborat, deb belgilaydi.

}Ma'lumotiga ko‘ra biolog sifatida biologiya, etnografiya va geografiya metodi va tushunchalarini birlashtirishga harakat qilgan.

}Antropogeografiya umumiy biogeografiyaning bir qismi bo‘lishi va siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotni o‘rganishda oddiy ekologik va evolyusion tushunchalardan foydalanishi kerak.

«Siyosiy geografiya» (1897)

}tabiiy muhit xususiyatlari bilan inson amaliyoti o‘rtasida bevosita sabab-oqibat munosabatlari mavjud

}tog‘ – an'anaviylik, boriga qanoat qilish, tor doiradagi millatchilik xususiyatlari, tekislik va dengiz – makonga nisbatan sog‘inchli qayg‘u, ekspansiya* ruhi va ilg‘or tashabbuslarni keltirib chiqaradi.

*Yot hududlarni va bozorlarni egallab olish maqsadida boshqa mamlakatlarga siyosiy va iqtisodiy ta'sirini yoyish siyosati.

«Siyosiy geografiya» (1897)

}Areal, makon (Raum) va joylashish (Lage) – davlatlarning shakllanishida juda muhim omillar. Millat yoki madaniyatlarni siqib chiqarish ularning ekspansiya va o‘z geografik joylashuvini yaxshilay olish xususiyatiga bog‘liq.

}Millat yoki madaniyatlarni siqib chiqarish ularning ekspansiya va o‘z geografik joylashuvini yaxshilay olish xususiyatiga bog‘liq.

}Aynan mana shundan biologik analogiyalarni siyosiy mafkuraga aylantirishga bir qadam qoldi.

Karl Xausxofer

(1869-1946)

}Germaniya geosiyosat maktabi rahbari;

}U go‘yoki davlatlarning siyosiy taraqqiyoti va ekspansiyasi geografik determinantlanganligi tendensiyalari to‘g‘risidiga «ta'limot»ga asos soladi.

}Bu qayg‘uli argumentlar oxir-oqibat Germaniyaning fashistik agressiyasini oqlash yo‘lida xizmat qiladi.

Yuxan Rudolf Chellen

(1864-1922)

}«Geosiyosat» termini muallifi;

}Ratsel ta'siri ostida bu tushunchani davlat – geografik organizm to‘g‘risidagi ta'limot sifatida talqin etgan;

}Bunda geografik determinizm, sotsial darvinizm, biologik-organik va irqiyantropologik nazariyalar tushunchalarini eklektik tarzda birlashtirgan.

XX asr boshlarida Amerika envayronmentalizmi

}lot. environment – muhit;

}Asoschisi Ellen Sempl, bevosita Ratsel targ‘ibotchisi hisoblanib, ma'lum bir hududda inson hayotiy faoliyati ustidan moddiy makonning «nazorat qilishi» g‘oyasini ilgari surgan.

}Taniqli vakillaridan biri amerikalik geograf, geolog Ellsuort Xantington (1876-1947) hisoblanadi.

}U iqlim o‘zgarishi («pulsatsiyasi») va sivilizatsiyaning o‘sishi yoki so‘nishi o‘rtasida mustahkam korrelyasiyalar mavjudligini asoslashga harakat qilgan.

Asosiy aloqalar quyidagicha namoyon bo‘ladi:

1.iqlim aholining salomatligiga ta'sir ko‘rsatadi; (bu ta'sirni baholash uchun Xantington bir oylik o‘lim ko‘rsatkichlari va temperaturani olgan, zamonaviy tajriba tadqiqotlariga tayangan va h.k.);

2.iqlim jismoniy va aqliy faollikka, mehnatning unumdorligiga ta'sir ko‘rsatadi, va bundan kelib chiqib jamiyatning biznes va iqtisodiy o‘zgaruvchilari silkinishlarini keltirib chiqaradi;

3.sivilizatsiya millatning energiya va ishlab chiqarish funksiyasi hisoblanganligi bois, iqlimning ijobiy yoki salbiy silkinishlari uning o‘sishi yoki so‘nishini shartlab qo‘yadi.

}Bu farazlari mutaxassislar (biolog, iqlimshunos, psixiatr va b.) tomonidan yanada tor doirada qo‘llab-quvvatlandi.

«Madaniy geografiya»

}XIX asr oxiridan boshlab AQSh environmentalizmiga reaksiya sifatida rivojlandi.

}U madaniyatning antropologik g‘oyasini ilgari surdi (Alfred Kreber va boshq.).

}Asosiy e'tiborini o‘z yashash muhitini o‘zgartiruvchi inson faoliyatiga qaratdi.

}Zamonaviy sotsial ekologiya asoschilaridan biri Frederik Le Ple (1806-1882) maktabidan boshlab fransuz sotsiogeografiyasiga xos hisoblanadi. U inson hayotini belgilab beruvchi omillarning uchtasi birda yaxlit bo‘lgan formulasini ishlab chiqdi: yashash joyi, mehnat, oila.

Anri de Turvil (1843-1903)

Edmon Demolen (1852-1907)

}Demolen o‘zining «Xalqlarning buyuk yo‘llari» (1901) nomli asosiy asarida katta tarixiy material asosida geografik determinizmga xos an'anaviy xatolarga yo‘l qo‘yadi.

}Demolenga ko‘ra, tarixiy taraqqiyotning ilk davrlarida cho‘lda yashash cho‘ponchilik bilan shug‘ullanishni belgilab bergan, chunki ko‘chmanchi uchun yerga egalik qilishdan ko‘ra cho‘lda erkin harakatlanish imkoniyati muhimroq hisoblanadi.

Соседние файлы в предмете История социологии