Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:

Презентация №7

.pdf
Скачиваний:
193
Добавлен:
05.01.2021
Размер:
1.45 Mб
Скачать

Fransuz «possibilizmi»

}fran. possibilite – imkoniyat;

}Geografik psevdodeterminizmning dushmani;

}Vakillari individlarning bir xil tabiiy sharoitlarga reaksiyasi xilma-xilligi va tug‘ma xususiyatlaridan kelib chiqib, turli darajada rivojlangan madaniyatlar uchun hayotda bir xil muhit mavjud bo‘lmaydi, deb hisoblaydilar.

}Possibilizm muhitning statik konsepsiyasini batamom yo‘q qildi. Bu oqim ilgari surgan tarixiylik doimo savolni konkret qo‘yish lozimligini taqazo etdi: muhit nima uchun va kim uchun, mazkur madaniyat uning qaysi imkoniyatlaridan foydalanadi.

Pol Vidal de la Blash

(1845-1918)

}Fransuz sotsiogeografiya maktabi asoschisi;

}Tadqiqotlarida muhitning u yoki bu turmush tarzini belgilab berishi emas, balki turmush tarzining almashishi natijasida muhit boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan muntazam tarixiy o‘zgarishlar diqqat markazini egallaydi.

}Vidal uchun landshaft – voqea-hodisalarning tabiiy almashinuvi natijasi emas, balki kelajak avlod yashashi uchun yangi shart-sharoitlar yaratayotgan inson mehnati mahsulidir.

}Uning asarlari XX asr yirik fransuz tarixchilaridan – Lyusen Fevr (1878-1956) va Mark Blok (1886-1944) qarashlariga ta'sir ko‘rsatdi.

}Fransuz sotsiogeografiyasining hissasi nemis geosiyosatining reaksion psevdodeterminizmini fosh etganligi bo‘ldi.

Irqiy-antropologik maktab

}Sotsiologiyadagi naturalizmning g‘oyaviy ma'nodagi eng reaksion ko‘rinishi;

}Rasizm (irqchilik) sotsial-psixologik fenomen sifatida o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lsada, fan va uning obro‘- e'tiboriga tayanishini XIX asrdan boshlaydi.

Irqiy-antropologik maktab vakillari:

}Artyur de Gabino – «Inson irqining teng emasligi haqida tajriba»

}Xauston Styuart Chemberlen – «XIX asr asoslari»

}Jorj Vashe de Lyapuj

}Otto Ammon – «Ijtimoiy tartibot va uning tabiiy asoslari»

}Lyudvig Voltman

Asosiy tamoyillari:

}Sotsial hayot va madaniyat irqiy-antropologik omillar hosilasidir;

}Irqlar bir-birlari bilan teng emasdirlar va bu o‘z navbatida ularga xos madaniyatlarning teng bo‘lmasligini shartlaydi;

}Insonlarning sotsial xulq-atvorlari to‘laligicha yoki asosan biologik vorisiylik bilan shartlangan;

}Irqlarni aralashtirish zararlidir.

Artyur de Gobino

(1816-1882)

}O‘zining 4 jildlik «Inson irqining teng emasligi haqidagi tajriba» asarida sotsial institutlar irqlarning hayot faoliyatini belgilamasligini, balki, aksincha irq sotsial institutlarni belgilashini isbotlashga urindi.

}Gobino aynan irq sohasida sivilizatsiyaning so‘nishi yoki yo‘q bo‘lib ketishi muammosi yechimini topishga harakat qilgan.

}Irqchilik Gobinoning elita nazariyasining davomidir.

}Irqiy ierarxiya: yuqori pog‘onada «oq» irq, o‘rta pog‘onada «sariq» irq, quyi pog‘onada «qora» irq.

}Gobino fikricha «oq» irqning ichida ham o‘ziga xos iyerarxiya bo‘lib, uning cho‘qqisida «oq suyak»lar joylashgan bo‘ladi.

Xauston Styuart Chemberlen

(1855–1927)

}Asosiy asari – «XIX asr asoslari» (1899);

}Yevropa tarixining eng buyuk yutug‘i – bu «Tevton» madaniyatining yaratilishi;

}u mavjud madaniyatlarning eng yuqori cho‘qqisidir. «Tevton» irqi «oq suyak» irqining merosxo‘ridir.

}Chemberlen german fashizmining g‘ayriinsoniy afsonalarini yaratishga o‘zining «ahamiyatli hissasi»ni qo‘shdi.

}Natsizm nazariyotchilari unga «Xalq mutafakkiri» degan unvon berganliklari bejiz emas.

Jorj Vashe de Lyapuj

(1854-1936)

}fransuz antropologi;

}Lyapujning asarlari antropometrik ma'lumotlar, ayniqsa bosh ko‘rsatkichlarining qiyosiy statistik tahlilini* sharhlashga asoslangan.

}Antroposotsiologiyaning tadqiqot predmeti – irq va sotsial muhitning o‘zaro ta'siri.

}Lyapuj sotsial darvinizm ta'siri ostida o‘z ta'limotiga sotsial tanlov tushunchasini qo‘llaydi.

}Sotsial tanlovning 6 ta asosiy shaklini ajratib ko‘rsatadi: harbiy; siyosiy; diniy; axloqiy; huquqiy; iqtisodiy.

}Bularning ijtimoiy taraqqiyotga halokatli ta'sir ko‘rsatishi natijasida «qimmatli» irqiy tur – oq-malla dolixotsefal (boshicho‘ziqlik) kamayib, hatto umuman yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Lyapuj fikriga ko‘ra, tarixiy davrlardan buyon bosh ko‘rsatkichi o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.

* Antropologiyada bosh ko‘rsatkichi sifatida boshning eng katta kengligining uning eng katta uzunligiga nisbati foizi olinadi. Bu tushuncha fanga shved anatomi A.Retsius tomonidan XIX asrning 40-yillarida kiritilgan.

Otto Ammon

(1842-1916)

}O‘zining «Ijtimoiy tartibot va uning tabiiy asoslari» (1895) asarida u sotsial institutlarni tahlil qilishda sotsial darvinizm va irqchilik tamoyillarini birlashtirishga harakat qiladi.

}Antroposotsiologlar ta'limotlarining soxtaligi ular o‘zining mavjudligi bilan antproposotsiologiya «qonunlari»ni puchga chiqaruvchi buyuk insonlar – braxitsefallarni soxta braxitsefallarga kiritishga majbur bo‘lganliklarida ayon bo‘lib qoladi.

Lyudvig Voltman

(1871-1907)

}Irqchilik va sotsial darvinizmni sintezlashgi urinishni ko‘rish mumkin.

}Voltmanning ko‘plab asarlarida qo‘pol primitivizm va «nemis» irqi ustunligini isbotlashga yo‘naltirilgan uydirmalarni ochiqchasiga fan sifatida parodiyalashtirishni ko‘rish mumkin.

}Uning konsepsiyalari irqiy xurofotni ratsionalizatsiyalashtirish sifatida qaralishi mumkin.

Соседние файлы в предмете История социологии